Yunusobod tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Yashnobod tumanidagi ko‘chaning bir qismi nomini o‘zgartirish bo‘yicha ovoz berish

Hurmatli fuqarolar!

Yashnobod tumanidagi Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismini qayta nomlash orqali unga Mustafo Kamol Otaturk nomini berish uchun ovoz berishda ishtirok eting!

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Yashnobod tumani hokimligining qurilishi rejalashtirilayotgan “O‘zbek-turk do‘stlik xiyoboni”ga tutash bo‘lgan ko‘chaga Mustafo Kamol Otaturk nomini berish bo‘yicha taklifi kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-1-moddasiga muvofiq,  mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Yashnobod tumanidagi Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismini Mustafo Kamol Otaturk deb qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;

Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov shohko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;

Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz  elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 5-iyun kunidan 19-iyun kuniga qadar qatnashishi mumkin.

Teglar:
Ko‘cha nomlari
O‘xshash yangiliklar
14-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi transport harakati: asosiy ko‘rsatkichlar
15.09.2026, 16:31
14-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi tr...

🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik da...

Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat — samarali boshqaruv mezoni
15.09.2026, 10:43
Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat — samarali...

👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yic...

Bugun Xalq qabulxonasida to‘rtta qabul bo‘lib o‘tadi
15.09.2026, 10:28
Bugun Xalq qabulxonasida to‘rtta qabul bo‘lib o‘ta...

Eslatib o‘tamiz, bugun poytaxt Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar ...

Olmazor tumanida "Qichqiriq" mahallasi — Qoraqamish 1/3 — hududidan Talabalar shaharchasigacha — odamlar uchun qulay va zamonaviy muhit yaratilgan.
14.09.2026, 17:20
Olmazor tumanida "Qichqiriq" mahallasi — Qoraqamis...

📍 Qoraqamish 1/3 hududida 2,4 km uzunlikdagi eko-sayilgoh, 12,4 km piyodalar yo‘lagi va 10,6 ming kv. metrdan ortiq yas...