Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Yunusobod tumani hokimligi

Tuman 1936 yilda Kirov nomi bilan tashkil etilgan. 1992 yilda Yunusobod nomini oldi.

Yunusobod nomining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar (akademik A. Muhammadjonov) fikricha, joyning nomi juda qadmiy boʻlib, asli „Yunusrabot“ deb atalgan. Bu oʻrinda „rabot“ karvonsaroy maʼnosida qoʻllangan (qarang Rabot). Shimoliy tomondan shaharga kiruvchilar shu joyda qoʻnib oʻtishgan. Mahalliy ziyolilarning fikricha, joyning nomi sebzorlik tadbirkor Yunushoji Nodirhoji oʻgʻli (19-asr, Yunusobod Oktepasida bogʻrogʻlari boʻlgan) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq.


Maydon 4,14 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan maydon 1,073 ming ga. Aholisi 289,0 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 441 ta. Asosiy magistral koʻchalari: Sharof Rashidov, Amir Temur, Ahmad Donish, Xurshid, Gʻani Mavlonov, Jahon Obidova, Gvardiya polkovnigi Xoʻjayev. 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 3547 korxona va tashkilot boʻlib, kichik va oʻrta biznes subʼyektlarining sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 36,3 %, qurilishda 64,2 %, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 50,9 % ni tashkil etadi. Ular orasida 155 ta qoʻshma korxona faoliyati ishlab chiqarish va aholiga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan.

Yunusobod tumani hokimligi

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya