Yunusobod tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Chilonzor: hisobot, muloqot va amaliy yechimlar

📍Chilonzor tumanida “Hisobot, muloqot, taqdimot” formatida hududni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va navbatdagi vazifalar joyida ko‘rib chiqildi. Jarayonlarda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov, mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlari, mahalla faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

➡️Kun davomida asosiy e’tibor odamlarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiladigan yo‘nalishlarga — kommunal infratuzilma, xavfsizlik, obodonlashtirish, jamoat makonlari, raqamli boshqaruv, tadbirkorlik, bandlik va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalariga qaratildi.

🧠 Dastlab “Aqlli tuman” platformasi asosida faoliyat yuritayotgan Chilonzor tumani Vaziyatlar markazining imkoniyatlari taqdim etildi. Markaz orqali hududdagi vaziyatni real vaqt rejimida kuzatish, turli idoralar ma’lumotlarini birlashtirish, muammolarni tezkor aniqlash va ular bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

🕐“Botirma” mahallasi va Al-Xorazmiy ko‘chasidagi 24/7 gastronomik hududda xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, irrigatsiya tizimlari, ijtimoiy infratuzilma va mahallalarni kompleks rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Al-Xorazmiy ko‘chasida yaratilgan yangi jamoat makoni, piyoda va velosiped yo‘laklari, dam olish hududlari hamda tadbirkorlik uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi.

⛽️“Bog‘zor” mahallasida esa energiya va issiqlik ta’minotining ishonchliligini oshirishga qaratilgan ishlar, zamonaviy kogeneratsiya podstansiyasi faoliyati hamda kommunal infratuzilmani bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish rejalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, shahar muhitida to‘siqsiz, qulay va Toshkentning yagona dizayn yondashuvlariga mos yechimlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🧑‍💻Savdo akademiyasida esa yoshlar va ish izlayotgan fuqarolarni mehnat bozori talablariga mos kasblarga tayyorlash, nazariy ta’limni amaliyot bilan bog‘lash va tinglovchilarni bevosita ish joyiga olib chiqishga qaratilgan tizim taqdim etildi.

💬Kun yakunida Chilonzor faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mahallalardagi infratuzilma, ta’lim, tibbiyot, obodonlashtirish va aholi murojaatlari muhokama qilindi. Ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha mas’ullar belgilandi, tegishli topshiriqlar berildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.

➡️Bu formatning asosiy mazmuni — hududdagi vaziyatni kabinetdan turib emas, bevosita joyida ko‘rish, odamlarni tinglash va har bir loyiha natijasi, avvalo, aholining kundalik hayotida sezilishini ta’minlashdir.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
🧠 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan autsorsing xizmatlarini xarid qilish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash e’lon qilinadi.
21.08.2026, 14:43
🧠 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ...

😮 Xarid predmeti:Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda tarbiyalanuvchilar uchun sifatli va xavfsiz ovqatl...

📆 Ovoz berish bosqichi boshlanishiga 1 kun qoldi
21.08.2026, 11:46
📆 Ovoz berish bosqichi boshlanishiga 1 kun qoldi

✅ Bugun, 21-avgust soat 23:59 da “Tashabbusli budjet” doirasida saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi bosh...

Dizayn-kodni joriy etishga yondashuv bildirilgan fikrlar asosida qayta ko‘rib chiqildi: tadbirkorlar manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega
20.08.2026, 16:48
Dizayn-kodni joriy etishga yondashuv bildirilgan f...

❗️Bildirilgan konstruktiv, jumladan, tanqidiy fikr-mulohazalardan so‘ng shahar ko‘chalari qiyofasidagi o‘zgarishlarni yo...

Poytaxt rahbarlarining fuqarolarni qabul qilish jadvali aniqlashtirildi
20.08.2026, 16:01
Poytaxt rahbarlarining fuqarolarni qabul qilish ja...

Toshkent shahar hokimi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, tuman hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlarining fuqarolarn...