- Toshkentdan gapiramiz
- 28.08.2026, 10:17
Yunusobod tumani Mudofaa ishlari bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi
🏢Yunusobod tumanida Mudofaa ishlari bo‘limining zamonaviy yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Uning ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Raximova, Yunusobod tumani hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev hamda Mudofaa vazirligi xodimlari ishtirok etib, yangi maskan faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar.
🖥Yangi bino zamonaviy kompyuter vositalari bilan jihozlanib, Mudofaa vazirligining yagona elektron platformasi va “Chaqiruv” tizimi bilan integratsiya qilindi. Bu chaqiriluvchilar hisobini yuritish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini raqamlashtirib, ortiqcha qog‘ozbozlik va sarsongarchiliklarga barham berishga xizmat qiladi.
➡️Shuningdek, chaqiruv punktlari zamonaviy kuzatuv kameralari bilan jihozlanib, chaqiriluvchilar va ularning ota-onalariga tibbiy ko‘rik jarayonini kuzatish imkoniyati yaratildi.

Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari Mirmuhammad Mirxamidov f...
👍 Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” (7/24) turizm ko‘chasida maxsus tozalash texnikalari ish boshladi.✅️ Ma...
▫️Aholining kundalik hayoti uchun qulay, xavfsiz va ko‘rkam muhit yaratish maqsadida Salar kanali bo‘yida sayilgohlar ta...

Bugun Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tadiEslatib o‘tamiz, bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi r...