«Xalqlar doʻstligi» muzeyi binosi 1976-yilda Toshkent zilzilasining oʻn yilligiga bagʻishlab qurilgan boʻlib, «Jasorat» yodgorligi bilan yagona majmua tarkibiga kirgan. Muzey fondida Toshkentni ittifoq respublikalari qayta tiklaganiga bagʻishlangan 15 mingdan ortiq eksponat saqlangan edi.
Majmua va bino meʼmorlari — L. Adamov,
S. Adilov, V. Ganiyev, Farhod Tursunov, R. Yusupov va D. Ryabichev.
Tepalikda qurilgan va stilizatsiya
qilingan milliy naqsh bilan bezatilgan silindr shaklidagi bino birinchi qavat
ustida goʻyo suzib turgandek koʻrinadi.
1996-yilda, Oʻzbekiston mustaqilligining
besh yilligiga bagʻishlab, shu binoda Olimpiya shuhrati muzeyi ochildi. Hozirda
unda 2088 ta eksponat namoyish etilmoqda.
2024-yilda «Jasorat» majmuasi
meʼmorlaridan biri Valeriy Ganiyev ushbu binoga Xalqlar doʻstligi muzeyini
qaytarishni va Olimpiya shuhrati muzeyini boshqa joyga koʻchirishni taklif
qildi.

Toshkentning muqaddas homiylarining shartli ro‘yxati an'anaviy ravishda birinchi islomiy uyg‘onish ...
Toshkent avtomobil yo‘llari instituti 1972 yilda Toshkent politexnika institutining avtomobil-yo‘l...

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi, toshkentliklarga «Panoramali» deb koʻproq tanish — poytaxtnin...

Istiqbol va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida joylashgan go‘zal, qadimiy g‘ishtin bino toshkentli...