Yunusobod tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Respublika bolalar kutubxonasi
Respublika bolalar kutubxonasi

Ts-1 hududidagi aylana minorali go‘zal binoga ko‘pchilikning ko‘zi tushgan, ko‘pchilik bu yerda Respublika bolalar kutubxonasi joylashganini ham biladi. Ushbu bino 1893 yilda aka-uka Vadyaevlar tomonidan me’mor I.A. Markevich loyihasi asosida qurilganini kam odam biladi. Vadyaevlar yirik paxta savdosi bilan shug‘ullangan savdogarlar bo‘lib, sovet hokimiyati o‘rnatilgandan keyin mamlakatni tark etganlar, lekin undan oldin bu binoni shaharga hadya qilganlar.

Bino ikki qismdan iborat bo‘lgan. Birinchi qismi Sadovaya ko‘chasiga (keyinchalik Sovetskaya, hozirgi O‘zbekiston ovozi) chiqardi, unda Jamoat yig‘ilishi, so‘ng Ozodlik uyi, keyinchalik Operetta teatri, 1948 yildan esa mashhur “30 let VLKSM” kinoteatri, afsonaviy “O‘ttizlik” (“Tridtsatka”) joylashgan edi.

1990 yillarda bino buzib tashlangan, chunki uning qamish shiftlari butunlay yemirilgan va ta’mirlash imkoni bo‘lmagan.

Ikkinchi bino sobiq Gogol ko‘chasiga, hozirgi Yahyo G‘ulomov ko‘chasiga chiqardi. Tarixchilarning yozishicha, 1914 yildan 1917 yilgacha unda Toshkent harbiy bilim yurti 1-rotasi joylashgan. Keyinroq bir necha tashkilotlar binodan foydalangan, 1964 yili esa u yerda Bolalar kutubxonasi ochilgan.

Qariyb 60 yillik tarixi davomida kutubxona binosi bir necha marta ta’mirlangan. Yaqinda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan rekonstruksiya amalga oshirildi, kutubxonada ochiq maydonlar, kovorking, laboratoriya va studiya paydo bo‘ldi. Rekonstruksiya vaqtida bino tarixiy ko‘rinishini saqlab qolindi. U yana uzoq yillar davomida yo‘lovchilarni xursand qilib, o‘tgan asr boshidagi markazning bir qavatli qurilishini eslatib turadi.

Shuningdek, qiziqarli joylar
Vestminster universiteti
Vestminster universiteti

Istiqbol va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida joylashgan go‘zal, qadimiy g‘ishtin bino toshkentli...

P. Benkov nomidagi Respublika badiiy kolleji
P. Benkov nomidagi Respublika badiiy kolleji

Oq rangli, sodda, lekin juda ifodali kollej binosi 1984-yilda tepalikda meʼmor R. Xayrutdinov va mu...

Ieronim Krauze va Ipoteka-bank
Ieronim Krauze va Ipoteka-bank

Botanik va farmatsevt Ieronim Ivanovich Krauze 1870 yilda Toshkentga kelib, aptekachi bo‘lib ish bo...

Xoja Ahror Valiy jome masjidi
Xoja Ahror Valiy jome masjidi

Ko‘kaldosh madrasasi yonidagi uchta firuza rangli gumbaz uzoqdan ham ko‘zga tashlanadi va Toshkentn...