Yunusobod tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Yangihayot tumani hokimi boshchiligida har kuni tumanning turli mahallalarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

📌 Navbatdagi manzil “Do‘stlik” mahallasi bo‘ldi

📍 Erta tongdan Yangihayot tumani hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosarlari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari, “mahalla yettiligi” vakillari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida hududda saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi.

🖼 Saf yig‘ini davomida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish hamda “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida mahallalarda tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli hamda yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

🏘 Saf yig‘inidan so‘ng mas’ullar ishtirokida mahallalarda o‘rganish ishlari olib borildi. Hududdagi obodonlashtirish, sanitariya holati, ko‘kalamzorlashtirish, ichki yo‘llar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar joyiga chiqqan holda atroflicha ko‘zdan kechirildi.

✂️ O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha har bir yo‘nalishga mas’ul tashkilotlar va mutasaddilar biriktirildi. Belgilangan vazifalarning ijrosi qat’iy nazoratga olinib, kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan aniq muddatlar belgilandi.

🌳 Bu kabi manzilli o‘rganishlar barcha mahallalarda izchil davom ettirilib, aholi uchun qulay va obod yashash muhitini yaratish, Mustaqillik bayramini munosib kutib olishga qaratilgan ishlar jadallashtiriladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hisobot tinglandi
26.08.2026, 16:30
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hisobot tin...

Toshkent shahar hokimligida poytaxt Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda tuman bo‘limlarida korrupsiyaga qarshi ...

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA.
26.08.2026, 15:13
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLI...

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab bayram tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazilmo...

Toshkentdagi bir qator tashkilotlarda ish kunini soat 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda
26.08.2026, 10:49
Toshkentdagi bir qator tashkilotlarda ish kunini s...

Toshkent shahar hokimligi shahar va tuman hokimliklari, shahar boshqarmalari hamda ularga qarashli bo‘linmalarning ish v...

PF-223 ijrosi: Chilonzor tumanida belgilangan ko‘rsatkichlar orttirib bajarildi
25.08.2026, 17:20
PF-223 ijrosi: Chilonzor tumanida belgilangan ko‘r...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini t...