- Toshkentdan gapiramiz
- 11.08.2026, 11:02
Chilonzor tumanida “Aqlli tuman” platformasi va Vaziyatlar markazi faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tmoqda
Chilonzor tumanida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov ishtirokida “Aqlli tuman” platformasi asosida faoliyat yuritayotgan Vaziyatlar markazi hamda poytaxtni raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.
🔺Taqdimotda shahar boshqarmalari rahbarlari, mas’ul tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etmoqda.
🧠 Unda Vaziyatlar markazining imkoniyatlari, tegishli idoralar bilan integratsiyasi, hududdagi vaziyatni real vaqt rejimida kuzatish, ma’lumotlarni tahlil qilish va ular asosida tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish mexanizmlari namoyish etilmoqda.
📈 Shuningdek, soliq tushumlari va yashirin iqtisodiyot, kommunal soha, renovatsiya, turizm ko‘chalari, bozorlar va avtoturargohlar hamda shahar hayotining boshqa yo‘nalishlarini raqamlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan yechimlar haqida ma’lumot berilmoqda.
🤩Taqdimotning asosiy maqsadi — amalga oshirilayotgan ishlar, joriy etilayotgan raqamli vositalar va ularning aholi uchun amaliy ahamiyati haqida jamoatchilikka ochiq axborot berishdir.
🤔Jarayon davomida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov ommaviy axborot vositalari vakillarining hududdagi loyihalar, raqamlashtirish jarayonlari va shahar boshqaruviga oid savollariga javob bermoqda.

Toshkent shahar hokimligida poytaxt Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda tuman bo‘limlarida korrupsiyaga qarshi ...

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab bayram tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazilmo...

Toshkent shahar hokimligi shahar va tuman hokimliklari, shahar boshqarmalari hamda ularga qarashli bo‘linmalarning ish v...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini t...