- Toshkentdan gapiramiz
- 28.09.2026, 17:22
Hashar — o‘zbekni AQShda ham birlashtiradigan qadriyat
AQShning Vashington shtati Sietl shahridagi Toshkent bog‘ida vatandoshlarimiz va amerikalik do‘stlar bir yoqadan bosh chiqarib, hashar o‘tkazdilar.
Ushbu ezgu ish O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Vatandoshlarimiz va amerikalik do'stlar tomonidan bog‘ tozaligiga e’tibor qaratilib, atrof yanada fayzli holga keltirildi.
Eng muhimi, bu kun faqat mehnat bilan emas, samimiy suhbatlar, yangi tanishuvlar va iliq uchrashuvlar bilan ham esda qoldi. Sietlda o‘tgan bu uchrashuv hamjihatlik va e’tiborning amaliy ko‘rinishiga aylandi.
Mehnatdan so‘ng esa barcha milliy taomimiz — osh atrofida jam bo‘ldi.
Toshkent nomini olis Sietlda ham ozodalik, mehr, do‘stlik va o‘zbekona hamjihatlik bilan bog‘lab turgan bunday tashabbuslar alohida qadrlidir.
✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...
Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...