Yunusobod tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Maktablar oldida bolalarni xavfsiz tushirish va olib ketish hududlari bosqichma-bosqich kengaymoqda

Toshkent shahrida maktab o‘quvchilarini xavfsiz tushirish va olib ketish uchun maxsus hududlarni tashkil etish ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil olib borilmoqda: mutaxassislar har bir hududning o‘ziga xos jihatlari, transport oqimi, maktablarning joylashuvi va mavjud yo‘l sharoitlarini o‘rganib, yechimlarni real shahar sharoitiga moslashtirmoqda.

Dastlab bunday hududlar 2 ta maktab — 5- va 42-sonli maktablar oldida tashkil etilgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu amaliyot 9 ta maktabni qamrab oldi. Yangi hududlar 110-, 89-, 300-, 154-, 280-, 195- va 64-sonli maktablar oldida tashkil etildi.

🅿️ Mazkur hududlarda transport vositalarining qisqa muddat to‘xtashi uchun maxsus joylar ajratilib, zarur yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda va tegishli yo‘l chiziqlari chizilmoqda. Asosiy maqsad — bolalarni tushirish va olib ketish jarayonini yanada xavfsiz va qulay qilish, maktablar oldidagi tartibsiz to‘xtashlarni kamaytirish hamda darslar boshlanishi va tugashi paytidagi eng tig‘iz vaqtlarda transport harakatini tartibga solish.

🌐 Bunday yondashuv xalqaro amaliyotda ham keng qo‘llaniladi. Ayrim mamlakatlarda Kiss & Ride yoki Kiss & Drop deb ataladigan o‘quvchilarni qisqa muddatda tushirish va olib ketish hududlari Avstraliya, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Belgiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda faol qo‘llanib kelinmoqda. Shuningdek, shunga o‘xshash yechimlar MDH davlatlarida, jumladan, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusda ham amaliyotga joriy etilgan.

Shu bilan birga, har bir yangi yechim vaqt, kuzatuv va muntazam takomillashtirishni talab qiladi. Mutaxassislar tashkil etilgan hududlarning amalda qanday ishlayotganini tahlil qilishda, yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlashda hamda aniq ko‘chalar, transport holati va jamoatchilik fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda yondashuvni yanada takomillashtirishda davom etadi.

📍 Ishlar bundan buyon ham bosqichma-bosqich davom ettiriladi. Dastlabki hududlarda to‘plangan tajriba poytaxtning boshqa maktablari oldida ham shunday hududlarni tashkil etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toşkent şahar hokimi tomonidan fuqarolar uçun şaxsiy qabul ötkazildi
23.10.2026, 17:56
Toşkent şahar hokimi tomonidan fuqarolar uçun şaxs...

✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
23.10.2026, 15:47
Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

 2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...

Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda!
23.10.2026, 15:22
Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda!

Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari tiklanadi. Qoidabuzarliklarga yöl qöygan mas’ullar aniqlandi, quriliş işlari töxtatildi
23.10.2026, 15:13
Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari ti...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...