- Toshkentdan gapiramiz
- 02.10.2026, 17:12
Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda hokimlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
▫️Yig‘ilishda Toshkent shahar hokimligi Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i Sh.Turdikulovning mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi. Taqdim etilgan ma’lumotlar kengash a’zolariga hokimlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati bilan tanishish va bu borada o‘zaro fikr almashish imkonini berdi.
✔️Hisobot yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, Jamoatchilik kengashi a’zolarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha atroflicha javob va tushuntirishlar berildi. Muhokamalar davomida korrupsiyaning oldini olish hamda unga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.
🟢Kengash a’zolari tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirishga doir takliflar bildirildi. Xususan, korrupsiya holatlarining kelib chiqishiga zamin yaratuvchi omillarni bartaraf etish va profilaktik choralarni kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar ilgari surildi.
❗️Bunday muhokamalar davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, ochiq muloqotni rivojlantirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.
✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...
Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...